Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 9-aprel
1. Xizmat tavsifi
HR Help — kompaniyalar uchun xodimlar davomati, ish vaqtini hisoblash, ta'til boshqaruvi va maosh hisob-kitobi xizmati. Xizmat mobil ilova (Android/iOS) va veb-panel orqali taqdim etiladi.
2. Akkaunt va foydalanuvchi
Xizmatdan foydalanish uchun kompaniya ro'yxatdan o'tishi va xodimlar akkauntlari yaratilishi kerak. Siz akkauntingiz xavfsizligi, parol va biometrik ma'lumotlaringizdan javobgar siz.
3. Taqiqlangan harakatlar
- Boshqa xodim nomidan check-in qilish yoki soxta joylashuv ishlatish
- Yuz tanib olish tizimini aldash (rasmlar, videolar orqali)
- Tizim xavfsizligini buzishga urinish, ma'lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirish
- Xizmatdan qonunga zid maqsadlarda foydalanish
- Avtomatik bot yoki skriptlar orqali xizmatga so'rov yuborish (rate limit bor)
4. To'lov va obuna
Xizmat oylik obuna asosida ishlaydi. Xodimlar soni va tanlangan tarifga ko'ra to'lov hisoblanadi. To'lov muddati o'tgandan keyin admin panel cheklanishi mumkin, lekin mavjud ma'lumotlar yo'qolmaydi.
5. Xizmat ishonchliligi
Biz xizmatning 99% vaqt ishlashini ta'minlashga harakat qilamiz, lekin kafolatlay olmaymiz. Texnik ishlar, yangilashlar va kutilmagan holatlar tufayli vaqtincha uzilishlar bo'lishi mumkin. Biz bunday uzilishlar uchun javobgar emasmiz.
6. Ma'lumotlar mulki
Siz kiritgan ma'lumotlar (xodimlar, davomat, maosh) kompaniyangiz mulki hisoblanadi. Biz ularni faqat xizmat ko'rsatish uchun ishlatamiz. To'liq ma'lumot uchun Maxfiylik siyosatiga qarang.
7. Shartlarning o'zgarishi
Biz ushbu shartlarni o'zgartirish huquqini saqlab qolamiz. Muhim o'zgarishlar haqida kompaniya adminiga xabar beriladi.
8. Aloqa
Savollar uchun: support@hrhelp.uz